+998 77 090 05 50 Dushanba – Shanba, 9:00 AM – 6:00 PM
O'zbek
Biz haqimizda

UzLitrPro — sifat, aniqlik va ishonch sari!

UzLitrPro kompaniyasi 2025-yilda O'zbekiston bozoriga sifatli, ishonchli va hamyonbop suv hisoblagichlarini taqdim etish maqsadida o'z faoliyatini boshladi.

Biz uchun suv hisoblagichi shunchaki o'lchash vositasi emas. Suv resurslaridan oqilona foydalanish, aniq hisob-kitob va tejamkorlikni ta'minlovchi muhim vositadir. Shu sababli faoliyatimizning ilk kunlaridanoq mahsulot sifati, zamonaviy texnologiyalar va mijozlar ehtiyojini ustuvor yo'nalish sifatida belgiladik.

UzLitrPro asosiy maqsadi — yuqori sifat, ishonchlilik va maqbul narx uyg'unligini ta'minlab, har bir mijozga ishonch bilan tanlaydigan mahsulotlarni taklif etishdir.

Biz mijozlarimiz bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo'yish, mahsulotlarimizni muntazam takomillashtirish va O'zbekiston bozorida mustahkam o'rin egallashga intilamiz.

Bugungi kunda UzLitrPro oldiga yanada katta maqsadlarni qo'ymoqda. Ishlab chiqarishni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, yangi hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish va xalqaro bozorlarga chiqish kompaniyamizning ustuvor vazifalaridandir.

Missiyamiz

UzLitrPro missiyasi — sifatli va ishonchli suv hisoblagichlarini ishlab chiqarish orqali suv resurslaridan samarali foydalanishga hissa qo'shish. Zamonaviy texnologiyalar va mijozlarga yo'naltirilgan yondashuv orqali aniqlik, qulaylik va ishonchlilikni ta'minlash.

Viziyamiz

O'zbekiston va Markaziy Osiyoda suv hisoblagichlari ishlab chiqarish sohasida yetakchi kompaniyalardan biriga aylanish va xalqaro bozorda raqobatbardosh brend sifatida tanilish. Zamonaviy texnologiyalar va raqamli yechimlar orqali soha rivojiga hissa qo'shish.

Bizning jamoamiz

Bizning jamoamiz

Professional va tajribali mutaxassislar jamoasi

Yusupov Abdugʻani Gʻayratovich
Yusupov Abdugʻani Gʻayratovich
Direktor
Djalilov Dilshod Abduvasikovich
Djalilov Dilshod Abduvasikovich
Savdo bo'limi rahbari
Isroilov Abdulloh Abdufattoh o'g'li
Isroilov Abdulloh Abdufattoh o'g'li
Dasturlash bo'lim boshlig'i
Saksanov Azimjon Azizovich
Moliya va iqtisodiyot bo'yicha menejer
Zufarov Behzod Nazimovich
Zufarov Behzod Nazimovich
Bosh metrolog
Riskulov Doston Valixon o'g'li
Riskulov Doston Valixon o'g'li
Marketing va kommunikatsiyalar menejeri
Boqijonova Shahzoda Botirjon qizi
Kadrlar bo'yicha menejer
Mominova Dilnoza Komiljonovna
Yuridik maslahatchi

Savat

Savatingiz hozircha bo'sh. Mahsulotlar sahifasidan o'lcham va miqdorni tanlab qo'shishingiz mumkin.